Hurmatli fordalanuvchilar ushbu sayt test rejimida ishlayapti.

Qora sedana

Qora sedana


Butun dunyoga taniqli va ko’pchilik tomonidan xush ko’riladigan ziravor qora sedana, faqat taomlarga yoqimli qo’shimcha emas, balki ko’plab dardlardan xalos qiladigan dori ham bo’lishi mumkin. Uni ko’plab nomlar bilan atashadi – rim kaliandri, nigella, sedana, kaindji va h.k. Uning urug’lari yoqimli achchiqroq ta’mga ega, shuning uchun ko’plab ovqatlarga qo’shiladi.

Bu ziravor ayniqsa Osiyo va Yaqin Sharqda yuqori qadrlanadi. Aynan shu mintaqa odamlari ilk bor uni dori vositasi sifatida qo’llay boshlashgan. Aytishlaricha Muhammad payg’ambar (S.A.V) qora sedana haqida ko’p kasalliklarga davo, faqat o’lim oldida ojiz deganlar ekan.

Lorem Qora sedanadan muntazam foydalanish markaziy asab tizimining holatini normallantiradi, kuchni rag'batlantiradi, uyqusizlikni yo'q qiladi.
Lorem

Zamonaviy shifokorlar qora sedana urug'ida foydali xususiyatlar mavjudligini tasdiqlaydilar. Ushbu o'simlikning hosillari odamlarga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan biologik faol moddalarga ega. Qora sedana yallig'lanishga qarshi, bakteritsid, antifungal, diuretik, antiparazitik, antispazmodik, og'riq qoldiruvchi, xoleretik, karminativ ta'sirga ega. Uning ishlatilishi hayotiylikni, samaradorlikni, aqliy qobiliyatlarni oshiradi, allergik reaktsiyalarni yengillashtiradi, immunitetni mustahkamlaydi. Zira xotirani yaxshilash uchun juda foydali hisoblanadi. Shu maqsadda 3 gr urug' bir choy qoshiq asal bilan iste'mol qilinadi. Bu aralashma bosh og'rig'i uchun juda yaxshi. Bosh aylanishida choyga bir choy qoshiq sedana yog'ini qo'shib ichish tavsiya etiladi. Och qoringa muntazam ravishda sedana urug'ini iste'mol qilish teringizni tozalaydi va rangingizni yaxshilaydi. Qora sedana turli teri kasalliklarini, jumladan psoriaz kasalligini davolashda samarali. Har kuni oz miqdordagi yog' kasallangan teriga suriladi. Bunda, sedana yog'i ko'pincha boshqa yog'lar bilan aralashtiriladi, masalan, yong'oq yoki kunjut yog'lari bilan aralashtirish mumkin.