Hurmatli fordalanuvchilar ushbu sayt test rejimida ishlayapti.

BIZ HAQIMIZDA

Biz haqimizda!

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10-aprelda "Yovvoyi holda o'suvchi dorivor o'simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4670-sonli qarori qabul qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatsi Riyosat yig'ilishining qaroriga asosan, Palata Ijroiya Qo'mitasining tashkiliy tuzulmasiga o'zgartirish kiritilib, 3ta shtat birligidan iborat bo'lgan "Dorivor va Ziravor o'simlik yetishtiruvchilarni qo'llab-quvvatlash" bo'limi tashkil etildi.

Bo'limning asosiy vazifalari va faoliyat yo'nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

  • Mamlakatimizda dorivor va ziravor o'simlik yetishtiruvchilar manfaatlarini qo'llab-quvvatlash va ular faoliyatini rivojlantirish yuzasidan tizimli takliflarni ishlab chiqish;
  • Respublikada va xorijiy mamlakatlarda biznes-forumlar, ko'rgazmalar va yarmarkalarni tashkil etish va ularda mahalliy dorivor va ziravor o'simlik yetishtiruvchilar tadbirkorlarning keng ishtirokini ta'minlash;
  • Yetishtiriladigan dorivor va ziravor o'simliklarning xususiyatlari, ular yetishtiriladigan hududlar to'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oluvchi elektron axborot tizimini yaratish;
  • Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog'liq zarur axborotlarni olishiga amaliy yordam berish;
  • Dori vositalari muomalasi va farmaseftika faoliyati masalalari bo'yicha aholi o'rtasida axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etish hamda o'tkazishda ishtirok etish;
  • Dorivor o'simliklar yetishtirish va ularni qayta ishlash bo'yicha xalqaro tashkilotlar bilan o'zaro faol hamkorlik qilish va sohaga bosqichma-bosqich inovatsion yechimlar (nou-xau) joriy etish;
  • Yangidan faoliyat boshlayotgan dorivor va ziravor o'simlik yetishtiruvchilar uchun biznes tuzilmalar faoliyatini yaratish va tashkil etish hamda ularga biznes-rejalarni tayyorlash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog'liq zarur axborotlarni olish va amaliy masalalarni hal etishda ekspert, huquqiy va maslahat yordami ko'rsatish;
  • Dorivor va ziravor o'simlik yetishtiruvchilar faoliyatini doimiy monitoring qilib borish, duch kelinayotgan muammolar va to'siqlarni bartaraf etishga ko'maklashish;
  • Dorivor va ziravor o'simlik yetishtiruvchilarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi eng muhim masalalar yuzasidan monitoring olib borish;
  • Dorivor va ziravor o'simlik yetishtiruvchilarga biznes yuritish asoslari, biznes-rejalar tuzish, menejment, moliyaviy boshqaruv va boshqa zarur fanlarga o'qitishni tashkil etish bo'yicha tadbirkorlik subyektlari uchun o'quv kurslarini ishlab chiqish va o'tkazish.
logo
picture

Lorem ipsum dolor sit, amet consectetur adipisicing elit. Voluptas, officiis!

Giyoh

Giyoh

Giyoh

Giyoh