O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 maydagi "Dorivor o'simliklar xomashyosi bazasidan samarali foydalanish, qayta ishlashni qo'llab-quvvatlash orqali qo'shimcha qiymat zanjirini yaratish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-139-sonli Farmoniga ko'ra 2025 yil 1 yanvarga qadar dorivor o'simliklarni yetishtirishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo'yicha jami daromadning kamida 80 foizini tashkil etadigan tadbirkorlik subyektlaridan olinadigan yer solig'i, foyda solig'i va mol-mulk solig'i stavkalari 50 foizga kamaytiriladi.
Last updated 2022-09-13 05:04:36