O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10-aprelda "Yovvoyi holda o'suvchi dorivor o'simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4670-sonli qarori qabul qilindi.
O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatsi Riyosat yig'ilishining qaroriga asosan, Palata Ijroiya Qo'mitasining tashkiliy tuzulmasiga o'zgartirish kiritilib, 3ta shtat birligidan iborat bo'lgan "Dorivor va Ziravor o'simlik yetishtiruvchilarni qo'llab-quvvatlash" bo'limi tashkil etildi.
Dorivor va ziravor o'simlik yetishtiruvchilarni eksportga yo'naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish jarayoniga jalb etish
Qishloq joylarida ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida turli ko'rgazmalar tashkil qilish
Tadbirkorlik faoliyatini amalda oshirishda ekspert, huquqiy va maslahat yordamini ko'rsatish
Biznes rejalarni tayyorlash
Xorijiy mamlakatlarda ko'rgazmalar tashkillashtirish va ushbu ko'rgazmalarda mahalliy dorivor va ziravor o'simlik yetishtiruvchi tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash
Yangidan faoliyat boshlayotgan dorivor va ziravor o'simlik yetishtiruvchilar uchun biznes tuzilmalar faoliaytini yaratish va tashkil etish